Huawei 1
Vengriyaning transport-logistika sohasidagi yirik kompaniyasi O'zbekiston bilan hamkorlik ko'lamini kengaytiradi

O'zbekiston elchixonasi ko'magida "Centrum Holding" kompaniyasi rahbari Abdulaziz Abduraxmonov boshchiligidagi delegatsiyasining Vengriyaning "Waberer's" kompaniyasi rahbari Barna Erdelyi bilan muzokaralari tashkil etildi

Uchrashuvda transport - logistika, xususan, O'zbekiston va Yevropa mamlakatlari o'rtasida aviaqatnovlar sohasida o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, milliy aviatashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Avtomobil transporti orqali xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirishda "Centrum Holding" kompaniyasining Toshkent, Angren va Andijon shaharlaridagi ombor terminallari hamda "Waberer's" kompaniyasining Yevropaning turli nuqtalaridagi terminallari imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan o'zaro fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida ikki kompaniya o'rtasida o'zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo'yicha shartnoma imzolashga kelishib olindi. 

"Waberer's" kompaniyasi 1948-yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda mazkur kompaniyada 6 mingdan ortiq kishi ishlaydi. U, shuningdek, 2800 dan ortiq yuk avtotransport vositalari, Yevropaning turli shaharlarida 250 ming kvadrat metr maydonda ombor terminallariga ega. Kompaniya Yevropaning 40 dan ortiq mamlakatlari va xalqaro miqyosda 100 dan ortiq yo'nalish bo'ylab yuk tashuvlarini amalga oshiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga