O'zbekistonda qurilish korxonalari 6,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan

2023-yil yanvar-oktabr oylarida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 34 528 ta yuridik shaxs tomonidan 6,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 950,9 mlrd so‘mi, ya’ni 14,5 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 11,6 trln so‘mdan ziyod, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 54,5 mlrd so‘m.

Eng ko‘p soliq to‘lagan 5 ta korxona tomonidan qo‘llanilgan soliq imtiyozlari hamda to‘langan soliqlar quyida:

1. Discover invest MChJ — 118,3 mlrd so'm 

2. Yangi Zamon Bino MChJ — 93,2 mlrd so'm  

3.  Agromir Building MChJ — 84,6 mlrd so'm  

4.  Premium Village MChJ — 67,8 mlrd so'm  

5.  Absolute Business trade MChJ — 67,3 mlrd so'm  

Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

QQS - 490,8 mlrd so‘m;
foyda solig'i - 139,1 mlrd so‘m;
JShODS - 135,5 mlrd so‘m;
ijtimoiy soliq - 127,6 mlrd so‘m;
yer solig‘i - 26 mlrd so‘m;
mol-mulk solig‘i - 25,2 mlrd so‘m;
boshqa soliqlar - 6,7 mlrd so‘m.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты