Huawei 1
O'zbekistonda qaysi sohalarda tadbirkorlar ko‘proq faoliyat yuritayotgani ma'lum bo'ldi

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024-yil 1-avgust holatiga 396 448 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

savdo sohasida – 150 319 ta;

sanoat sohasida – 63 049 ta;

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 33 668 ta;

qurilish sohasida – 30 080 ta;

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 28 123 ta;

tashish va saqlash sohasida – 16 521 ta;

axborot va aloqa sohasida – 9 915 ta;

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 9 584 ta;

boshqa sohalarda – 55 189 ta.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100721 | Инструменты