Raqamli texnologiyalar vazirligida “Korea Softvare Industry” assotsiatsiyasi raisi Chong Ok-Rae boshchiligidagi Koreya Respublikasining IT kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiyasi bilan IT taʼlimni rivojlantirish sohasida qo'shma loyihalarni amalga oshirish hamda IT kompaniyalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda maxsus IT universitet tashkil etib, talabalarga amaliyotga asoslangan sifatli ta'lim berish orqali yoshlarni Koreyaning IT bozorida yuqori talabga ega bo‘lgan kasblarga o‘qitish, Koreya kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoniyatini taqdim etish hamda Koreya va boshqa mamlakatlarga IT xizmatlarni eksport qilishni yo‘lga qo‘yish takliflari bildirildi.
Shuningdek, O'zbekistonda IT ta'limni rivojlantirish va IT xizmatlar eksportini oshirish maqsadida hukumat tomonidan IT kompaniya va IT ta'lim markazlari uchun yaratilgan sharoitlar, soliq imtiyozlari va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida taqdimot o‘tkazildi.
Maʼlumot o'rnida, “Korea Softvare Industry” assotsiatsiyasi 1988-yil Koreya Respublikasining dasturiy taʼminot sanoati mustahkam o‘sishi va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan bo‘lib, hozirda assotsiatsiyaga Koreya Respublikasida 1200 ta IT va dasturiy taʼminot kompaniyalari aʼzo.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60423 | Инструменты