Huawei 2
O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilar 3 oyda qancha soliq to‘lagani maʼlum bo‘ldi

2024-yil yanvar-mart oylarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 65 204 ta yuridik shaxs tomonidan 8,6 trln so‘mdan ziyod soliq to‘langan. 

Shundan 3,4 trln so‘mi 20 ta soliq to‘lovchi* hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning tovar aylanmasi qariyb 39,3 trln so‘m, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 425,5 mlrd so‘mdan oshgan.

Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

  • aksiz solig'i - 1 trln so‘m;
  • QQS - 967,9 mlrd so‘m;
  • yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq - 574 mlrd so‘m;
  • ijtimoiy soliq - 224,6 mlrd so‘m;
  • foyda solig'i - 220,4 mlrd so‘m;
  • JShODS - 206,4 mlrd so‘m;
  • mol-mulk solig‘i - 136,5 mlrd so‘m;
  • boshqa soliqlar - 121,6 mlrd so‘m.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga