O'zbekistonda 2023-yilda o‘rtacha oylik ish haqi 4 million 551 ming so‘mni tashkil etib, 2022-yildagiga nisbatan 17,2 foizga oshdi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlumot berdi.
Yil davomida o‘rtacha ish haqining eng yuqori o‘sish surʼatlari Farg‘ona (19,1 foiz), Jizzax (18,1 foiz), Xorazm (18 foiz), Samarqand (17,8 foiz) hamda Toshkent shahrida (18,7 foiz) kuzatildi.
Doimgidek taʼlim (3 million 123 ming so‘m) hamda Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (3 million so‘m) sohalaridagi o‘rtachi ish haqi miqdori boshqa sohalarga nisbatan eng quyi pog‘onalardan o‘rin olgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82705 | Инструменты