2023-yil 16-fevral kuni O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika sohasini rivojlantirishga mo’ljallangan innovatsion yechimlarni o’rganish, hamda qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi loyihalarning muvaffaqiyatli namunalarini o‘rganish va tajriba almashish maqsadida Huawei kompaniyasining Shenchjen shahridagi bosh ofisiga tashrif buyurdi. Delegatisya tarkibiga Energetika vazirligi, viloyatlar hokimliklari, turli tashkilotlar va sanoat korxonalari vakillari kirdi.
Tashrif doirasida delegatsiya uchun Huawei ko‘rgazmalar markazi, shuningdek, Huawei Digital Power bo‘limining turli maqsadlarga yo’naltirilgan quyosh elektr stansiyalari uchun invertorlar va akkumulyatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlari bo‘ylab infotur tashkil etildi.

“Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda hamkorlar bilan hamkorlikda yirik sanoat elektr stansiyalari, savdo va sanoat tarmoqlari, shuningdek, mahalliy quyosh elektr stansiyalari uchun fotoelektrik texnologiyalar va energiya saqlash loyihalarini tadbiq qilishda ishtirok etish va ularni amalga oshirish tajribasiga ega. Bugun biz delegatsiya vakillariga Huawei Digital Power tajribasini vizual tarzda taqdim etish va mamlakat rahbariyatining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni ko‘paytirish bo‘yicha qat’iy siyosatini inobatga olgan holda yashil energiyaga tezroq o‘tish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlarni muhokama qilish imkoniga egamiz”, – dedi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakay.

Kompaniyaning energetika sohasida raqamli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha jahon tajribasi bilan tanishuv doirasida Energetika vaziri Huawei Global Energetika biznes bo‘limi prezidenti janob Sun Fuyu bilan uchrashuv o‘tkazdi va unda O‘zbekistonda raqamli va energetika texnologiyalari integratsiyasi oshirish bo‘yicha hamkorlikni oshirish; ekotizim ishtirokchilari va tadbirkorlar uchun “yashil” energiyani ishlab chiqarish, joriy etish va rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish; fuqarolik energetikasi sohasini rivojlantirish va quyosh energiyasi hisobiga yirik korxonalarni elektrlashtirish; O‘zbekistonda uglerod neytralligiga erishish jarayonini tezlashtirish muhokama qilindi.
Huawei Digital Power bo’linmasi raqamli energiyani rivojlantirish bilan shug’ullanadi. 2021-yilda Huawei Digital Power yechimlari asosida mijozlar 482,9 milliard kVt/soat yashil energiya ishlab chiqardi, bu esa 14,2 milliard kVt/soat elektr energiyasini tejash va CO2 emissiyasini 230 million tonnaga qisqartirish imkonini berdi, bu 320 million daraxt ekishga teng. 2022-yil sentabr oyida O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi va Energetika vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan bo’lib, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o’zaro uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21103 | Инструменты