“Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorda 2024 yilning oxirigacha “Samarqand avtomobil zavodi” MChJdagi 75,2 foiz, “Dehqonobod kaliy zavodi”dagi 100 foiz davlat ulushi ommaviy savdoga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, 7 ta yirik kompaniyadagi ulushlar pofessional konsultantlarni jalb qilgan holda, xalqaro bozorda ommaviy savdolarga chiqariladi:
Gigant kompaniyalar bo‘lmish Navoiy KMK, Olmaliq KMK, “O‘zbekgidroenergo” va “O‘zbektelekom” AJ aksiyalarining ham 5 foizgacha qismi birlamchi (IPO) yoki ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif vositalari orqali xalqaro fond bozorlariga chiqariladi.
IPO nima?
IPO (ingliz tilidan olingan – Initial Public Offering) – aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini birlamchi oshkora taklif etish degan ma’noni bildiradi. Ya’ni aksiyalarning cheklanmagan shaxslar orasidagi dastlabki sotuvi va dastlabki taklif qilinishidir. IPO’ni o‘tkazishdan asosiy maqsad – korxonani rivojlantirish uchun keng doiradagi investorlardan kapital jalb qilish hisoblanadi.