Huawei 1
“Fitch” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston kredit reytingini “BB-” dan “BB” darajasiga oshirdi

“Fitch” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston kredit reytingini “BB-” dan “BB” darajasiga oshirdi. 

Agentlik hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston suveren kredit reytingi bahosi 2018 yildan beri ilk bora “BB-”dan bir pog‘ona yuqoriga, “BB” darajasiga oshirildi va reyting kutilmasi barqaror darajada tasdiqlandi.

Aytilishicha, mamlakat suveren kredit reytingining oshirilishi amalga oshirilayotgan islohotlarning jadallashuvi va o‘rta muddatli istiqbolda barqaror iqtisodiy o‘sish tufayli makroiqtisodiy xatarlarning jilovlanishi va tarkibiy ko‘rsatkichlarning yaxshilanib borishi yuzasidan kutilmalarni aks ettiradi.

Jumladan, energetika tariflarini liberallashtirilishi natijasida 2024-yilda byudjet taqchilligining 3,3 foizgacha pasayishi hamda energetika sohasiga subsidiyalarning kamayishi alohida eʼtirof etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “S&P” va “Moody‘s” reyting agentliklari ham O‘zbekiston suveren kredit reytingi bahosi kutilmasini “barqaror”dan “ijobiy”ga oshirgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62719 | Инструменты