Huawei 1
Buxoroda yetishtirilgan meva-sabzavotlar va parrandachilik mahsulotlari Qatarga eksport qilinadi

O'zbekiston elchixonasi ko'magida mahalliy mahsulotlarimiz eksporti hajmini oshirish va diversifikatsiya qilish maqsadida 15-19-iyul kunlari Buxoro viloyati eksportyorlari delegatsiyasining Qatarga xizmat safari tashkil etildi

Safar davomida Qatarning eng yirik savdo tarmoqlari va importyor korxonalari, jumladan "Carrefour", "LuLu", "Ansar Gallery", "Monoprix", "High Com Global" kabi kompaniyalar vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar o'tkazildi.

Muzokaralar chog'ida Qatar tomoniga O'zbekistonda eksport bilan shug'ullanadigan korxonalar uchun yaratib berilgan qulay sharoit, yurtimizda yetishtirilgan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda ularning sifati bo'yicha batafsil ma'lumot berildi.

Uchrashuvlar yakunida "Milmaxtrade" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yurtimizda yetishtirilgan ho'l va quritilgan meva-sabzavot hamda parrandachilik mahsulotlarini Qatarga yetkazib berish to'g'risida kelishuvga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31808 | Инструменты