Huawei 1
Alisher Navoiy nomidagi DAKT yangi mavsumni Open Air formatidagi konsert bilan boshladi

Yurtimiz madaniy hayotida yana bir yangilik. Osiyodagi eng yirik Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrining navbatdagi 88 – mavsumi noan’anaviy tarzda ochildi. Ilk bor ochiq osmon ostida I milliy simfonik Open Air konserti namoyish etildi. Mazkur loyiha jahon klassikasining eng sara asarlarini taqdim etgan holda, tomoshabinning klassik musiqa, opera va baletga mehrini oshirishga qaratildi.

Bugun teatr jamoasi o‘z muxlislarini butunlay o‘zgacha formatdagi  betakror klassik musiqa dunyosiga chorlamoqda. Teatr maydonining old qismiga katta saxna o‘rnatildi va teatr jamoasi ilk marotaba ochiq osmon ostida saxnaga chiqishmoqda. Open Air formatidagi musiqiy tadbirlar dunyoning ko‘plab davlatlarida eng esda qolarli shoularga aylangani hech kimga sir emas. Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrining 88-mavsumi ham ana shunday yorqin va esda qolarli tarzda boshlandi.

Konsert dasturida jahon klassik musiqasining durdonalari sevimli spektakllarning eng yorqin saxnalari, xususan, Shtraus, Chaykovskiy, Xachaturyan musiqasi, yapon va neopolitan qo‘shiqlari hamda ko‘plab boshqa asarlar ijro etildi.   

Open Air milliy simfonik konserti bu– O‘zbekiston teatr san’ati uchun noyob loyiha hisoblanadi. U tomoshabinlarda klassik musiqa, opera va baletga hamda jahon klassikasi durdonalariga mehr uyg‘otishga xizmat qiladi.

Tadbir tashkilotchilarining ta’kidlashicha, tayyorgarlik jarayonlari bir necha oy avval boshlangan, buning uchun maxsus dekoratsiya qurilgan. Saxnaning ikki tomoniga esa katta ekranlar o‘rnatilgan. Open Air konserti dasturi bo‘yicha ham katta tayyorgarlik ko‘rilgan bo‘lib, repititsya jarayonlari ham teatr binosining ichki qismida, ham ikki kun davomida ochiq havoda olib borildi. Bu o‘z navbatida katta teatr jamoasi uchun o‘ziga xos tajribadir. Open Air konsertiga tashrif buyurgan muxlislar nafaqat klassik opera va balet asarlaridan balki zamonaviy kompozitsiyalar xususan “Karib dengizi qaroqchilari” filmining saundreki hamda “Besame Mucho” qo‘shiqlaridan ham baxramand bo‘lishdi.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70813 | Инструменты