Huawei 2
Yevropa Ittifoqi Eronning dron va raketa dasturlariga qarshi sanksiyalarni kengaytiradi — CNN

Yevropa Ittifoqi rahbariyati Eronning dron va raketa dasturlariga qarshi sanksiyalarni kengaytirishga qaror qildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari kengashi ushbu qarorni tasdiqlagan. Ittifoq bosh diplomati Xosep Borrel maʼlumotni tasdiqlagan.

Borrelning so‘zlariga ko‘ra, yangi sanksiyalar nafaqat Rossiyaga, balki Eronning mintaqadagi ishonchli vakillariga ham uchuvchisiz samolyotlar va raketa yetkazib beruvchilarni qamrab olish uchun ushbu tizimning geopolitik hududini qamrab oladi. Sanksiyalar ,asosan, dronlar va raketalarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan, Yevropa Ittifoqidan eksport qilinishi taqiqlangan komponentlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.

Ushbu qaror imzolanishiga Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik sabab bo‘lgani maʼlum qilingan. Eron tomonidan Isroilga uchirilgan ko‘p sonli raketalar va ularning qisman muvaffaqiyati Tel-Avivga ittifoqchi bo‘lgan G‘arb davlatlarida chuqur tashvish uyg‘otgan.

O‘tgan hafta AQSH hukumati Eronning dron dasturi bilan bog‘liq holda faoliyat yurituvchi 16 nafar shaxs va ikki tashkilotga nisbatan yangi sanksiyalar eʼlon qilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga