Huawei 2
Varshavada mamlakatdagi yagona qimmatbaho mashina yonib ketdi

Varshavada qiymati qariyb 220 ming yevro bo‘lgan mamlakatdagi yagona elektromobil Lucid AIR Dream Edition R butunlay yonib ketdi.

Qayd etilishicha, haydovchi o‘ziga yo‘l bermagan boshqa mashina bilan ehtimoliy to‘qnashuvdan qochib, ustunga urilgan.

Voqea joyiga uchta o‘t o‘chirish brigadasi yetib kelgan, biroq elektromobilni saqlab qolish imkoni bo‘lmadi.

Haydovchi mashina ichidan chiqishga ulgurgan va unga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga