Turk seriallari dunyoning 170 dan ortiq davlatida namoyish etilayotgani ma'lum bo'ldi

Turkiya Madaniyat va turizm vaziri o'rinbosari Batuhan Mumju Berlinda bo'lib o'tayotgan 74-Xalqaro Berlin Film Festivali (Berlinale) doirasida Yevropa kino bozoriga bordi

Mumjuning aytishicha, Berlinale va Yevropa kino bozori dunyodagi eng muhim kino voqealaridan biridir.

Mumju, festival doirasida ochilgan Turk stendida turk filmlari xorijlik tomoshabinlarning didiga taqdim etilganini aytdi. "Biz kinoijodkorlarimiz oʻrtasida hamkorlik qilish va boshqa turdagi masalalar yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazamiz. Bu uchrashuvlar yangi qoʻshma filmlar va hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantirish uchun juda muhim. Bundan tashqari, bizning filmlarimiz bu yerda xorijda sotiladi va bu biz uchun muhim”, - dedi u.

Vazir o‘rinbosari turk seriallari butun dunyoda tomosha qilinayotganini ta’kidladi. 

“Bugungi kunda seriallarimiz AQSHdan Rossiyagacha, Uzoq Sharqdan Lotin Amerikasigacha dunyoning 170 dan ortiq davlatida namoyish etilib, qariyb 750 million kishini qamrab olyapti. Turk seriallari va filmlari sektori eksport hajmi boʻyicha dunyo reytingida yetakchi beshlikdan joy olgan. Turk seriallari efirga uzatilayotgan mintaqalarda Turkiya va turk madaniyatini targʻib qilishda katta taʼsir koʻrsatadi”, - dedi Mumju.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты