Tesla dunyodagi eng qimmat avtomobil ishlab chiqaruvchisi maqomini yo'qotdi

Brand Finance xalqaro tahliliy agentligi hisobotiga ko‘ra, Tesla o'z o'rnini Mercedes-Benz kompaniyasiga bo'shatib, dunyodagi eng qimmat avtomobil ishlab chiqaruvchisi maqomini yo‘qotdi.

Tesla qiymatining pasayishi Ilon Mask bilan bog'liq mojarolar fonida ro'y berdi, bu elektromobil ishlab chiqaruvchisi obro'siga va uning brendi qiymatiga ta’sir qildi. Amerika kompaniyasining narxi 12 foizga pasayib, 58,3 milliard dollarni tashkil etdi, bu esa Mercedes-Benz kompaniyasiga yetakchilik qilish imkonini berdi – nemis brendi qiymati 1 foizga oshib, 59,4 milliard dollarga yetdi. Reytingda uchinchi o'rinni 52,7 milliard dollarga baholangan Toyota kompaniyasi egalladi.

“Tesla brendi qiymatining pasayishi avtomobil sanoati elektr transport vositalariga tobora koʻproq oʻtayotgani sababli yanada yaqqol namoyon boʻldi, biroq Tesla brendining kuchi saqlanib qolmoqda. BYD va New Flyer kabi boshqa elektr avtomobil ishlab chiqaruvchilari sezilarli o'sishni boshdan kechirayotganligi sababli, iste'molchilarning yuqori darajadagi xabardorligi va Tesla uchun tavsiyalar kompaniyaning raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun juda muhim bo'lishi mumkin", — dedi Brand Finance kompaniyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi boshqaruvchi direktori Aleks Xey.

Shuningdek, Brand Finance konsalting kompaniyasi tahlilchilari dunyodagi eng kuchli avtomobil brendini aniqladilar - bu Italiyaning Ferrari brendi hisoblanadi. BYD Xitoyning eng qimmat avtomobil ishlab chiqaruvchisi sifatida tan olindi, uning qiymati 20 foizga oshib, 12,1 milliard dollarga yetdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты