Huawei 2
Sony Paramaunt kinostudiyasini sotib olmoqchi

The New York Times gazetasi Sony va Paramount kinostudiyalari birlashishi mumkinligi haqida xabar berdi.

Bunda Sony avvalroq Paramountni 26 mlrd dollarga sotib olishga uringan Apollo Global Management bilan hamkorlik qildi. Ikkala kompaniya ham hali rasman ariza topshirmagan. Shu bilan birga, Paramount Skydance ("Uddalab bo'lmas topshiriq") bilan birlashish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Warner Bros rahbariyati ham Paramountni sotib olmoqchi bo'lgan, biroq keyinchalik bu g‘oyadan voz kechgan.

2024-yil Paramount kompaniyasi “Tinch joy” filmining prekvelini, “Gladiator” filmining davomini va boshqa loyihalarini chiqaradi. Sony esa “Karate bolakay", “Venom 3”, "Uddaburon yigitlar 4" filmlarining davomini chiqaradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga