Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi ziyoratchilarni vaksina olishga chaqirdi

Saudiya Arabistonining Haj va umra vazirligi ziyoratchilarni haj ruxsatnomalari bekor qilinmasligi uchun kerakli emlashni olishga chaqirdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ziyoratchilar gavjum sharoitlarda keng tarqalgan infeksiyalar tarqalishining oldini olish uchun meningokokkga qarshi vaksina olishlari kerak.

"Ozchilik vaksinadan voz kechishga qaror qildi, buning natijasida ularning haj ruxsatnomalari, afsuski, bekor qilindi", — deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlikka ko‘ra, mahalliy ziyoratchilarning 90 foizi profilaktika choralariga astoydil amal qilib, nafaqat o‘zlarining, balki ziyoratchilarning ham farovonligini asrash maqsadida emlanganlar.

Vazirlik qolgan barcha mahalliy ziyoratchilarni zudlik bilan vaksina olishga chaqirgan.

Haj va umra vaziri doktor Tavfig ibn Favzan ar-Rabiyaning aytishicha, butun dunyodan 1,2 milliondan ortiq ziyoratchilar Saudiya Arabistonining Makka shahriga haj amallarini bajarish uchun yetib kelgan.

Bu yilgi haj mavsumi 14-iyun kuni boshlanishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты