Salvadorda navbatdagi “Dunyo go‘zali” go‘zallik tanlovi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblikni nikaragualik 23 yoshli Sheinise Alondra Palasios Kornexo qo‘lga kiritdi.
U 2000 yil 30 mayda Managuada tug‘ilgan. Sheinise Markaziy Amerika universitetida tahsil olgan va ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha bakalavr darajasini olgan. Hozirda u rassom, brend elchisi va Nikaragua go‘zallik malikasidir.
Tanlovda 80 dan ortiq davlatdan qizlar ishtirok etdi.