Huawei 1
Rossiyaning Ukrainaga hujumlari fonida Zelenskiy sanksiyalar kiritishga chaqirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 25-may, yakshanba kuni Rossiyaning mamlakatga hujumchi uchuvchisiz uchoqlari va raketalardan foydalangan holda bir kecha-kunduzda uyushtirgan ommaviy hujumidan so‘ng yana bir bor ittifoqchilarni Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirishga chaqirdi.

"Rossiyaning har bir bunday terrorchilik zarbasi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar uchun yetarli sababdir. Rossiya bu urushni davom ettirmoqda va har kuni o‘ldirishda davom etmoqda", deb yozdi Zelenskiy Telegram’da. "Dunyo dam olish kunlariga ketishi mumkin, ammo hafta oxiri va ish kunlariga qaramay urush davom etmoqda. Buni e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi. Amerikaning jim turishi, dunyodagi boshqalarning jim turishi faqat Putinga dalda beradi".

"Rossiya rahbariyatiga chindan ham kuchli bosim o'tkazilmasa, bu shafqatsizlik to'xtatilmaydi. Sanksiyalar albatta yordam beradi", - deya davom etdi Ukraina rahbari bu borada, xususan, AQSh va Yevropa davlatlaridan "qat'iylik" kutayotganini ochiq aytdi.

"Urushni toʻxtatish mumkin, ammo Rossiyaga kerakli miqdorda bosim oʻtkazish orqaligina. Putin raketalarni uchirish haqida emas, balki urushni tugatish haqida oʻylashga majbur boʻlishi kerak", - deya taʼkidladi Ukraina prezidenti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52601 | Инструменты