Rossiyada imo-ishora tilining onlayn lug'ati bloklandi

Rossiyada Spread the sign xalqaro imo-ishora tili lug‘atining veb-sayti bloklandi. Bu haqda 3-mart, yakshanba kuni "Mediazona" internet nashri xabar berdi. Bloklash 19-fevral kuni sodir bo‘ldi, deya ta’kidlaydi "Roskomsvoboda" loyihasi. Veb-sahifaga kirishni cheklashga aynan nima sabab bo‘lgani aniqlashtirilmagan. 

Saytning asosiy sahifasidagi "Reklama" bo‘limida rus tili tanlansa, 2022-yil 14-mart kuni Rossiya Birinchi kanalining kechki yangiliklar ko‘rsatuvidan stop-kadr paydo bo‘ladi. O‘shanda kanal xodimi Marina Ovsyannikova urushga qarshi plakat bilan jonli efirga yugurib chiqqandi. Bundan tashqari, til saytining asosiy sahifasida rus va ingliz tillarida "Urushni to‘xtating" yozuvi bilan Ukraina bayrog‘i tasviri mavjud.

Ma'lumot o'rnida, Spread the sign lug‘ati 2006-yilda Yevropa imo-ishora tili markazi notijorat assotsiatsiyasi loyihasi sifatida ishga tushirilgan. Hozirda u 31 ta tilni tanlash imkoniyatini taqdim etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты