Huawei 1
Rossiya va Ukraina 23-iyul kuni kechqurun Istanbulda muzokara o‘tkazadi

Ukraina va Rossiya delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar 23-iyul, chorshanba kuni kechqurun Istanbulda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, deya xabar bermoqda “Ukrinform” agentligi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’muriyatining aloqa boshqarmasiga tayanib.

Muzokaralar mahalliy vaqt bilan soat 19:00 ga belgilangan, bu Moskva va Kiyev vaqtiga to‘g‘ri keladi. Uchrashuv Beshiktosh tumanida, Chiragan saroyida bo‘lib o‘tadi, deb yozadi Ukrinform.

Bir kun avval Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Istanbulda boʻlib oʻtadigan muzokaralarning uchinchi bosqichida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari urushni tugatish shartlari boʻyicha har ikki tomonning memorandumlar loyihalarini muhokama qilishini aytdi. Shu bilan birga, u tomonlarning tinch yo'l bilan kelishuv bo'yicha takliflarini "mutlaqo diametral qarama-qarshi" deb atadi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy avvalroq bo‘lajak uchrashuvdagi asosiy mavzular o‘t ochishni to‘xtatish, yana bir mahbus almashish va Rossiyaga noqonuniy olib ketilgan ukrainalik bolalarni o‘z vatanlariga qaytarish bo‘lishi kerakligini aytgan edi. Zelenskiy, shuningdek, muzokaralar uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuviga tayyorgarlik boshlanishini aytdi.

Buni sharhlar ekan, Dmitriy Peskov 22-iyul kuni shunday dedi: “Birinchidan, yuqori va oliy darajadagi baʼzi uchrashuvlar boʻlishi mumkinligi haqida aniq soʻz yuritishdan oldin koʻp ish qilish kerak”.

Muzokaralarning birinchi raundi 16-may kuni Istanbuldagi Dolmabaxche saroyida bo‘lib o‘tdi. 2-iyun kuni boʻlib oʻtgan ikkinchi muzokaralar chogʻida Rossiya va Ukraina ogʻir yaralangan askarlar va 25 yoshgacha boʻlgan asirlarni almashish, shuningdek, urushda halok boʻlgan 6 ming harbiy xizmatchining jasadini bir-birlariga topshirishga kelishib oldilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72507 | Инструменты