Shimoliy Koreya moliyaviy va oziq-ovqat inqirozini asosan Pxenyanning Ukrainadagi urushga Rossiya Federatsiyasi tomonida qo‘shgan hissasi uchun Rossiyadan maʼlum bir “kompensatsiya” evaziga hal qildi. Bu haqda Janubiy Koreyaning The Korea Herald gazetasi 3 noyabr, yakshanba kuni Koreya Respublikasining Rossiyadagi sobiq elchisi Vi Son Lakka tayanib xabar berdi.
Shunday qilib, Rossiya KXDRga 600 ming tonnadan 700 ming tonnagacha guruch taklif qilmoqda, deya tushuntirdi bir necha kun avval parlament razvedka qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan brifingda Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati (NIS) maʼlumotlari bilan tanishgan Vi Son Lak. Ilgari Moskva Pxenyanga vaqt-vaqti bilan 50-100 ming tonna guruch jo‘natgan, deydi sobiq diplomat.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120301 | Инструменты