Huawei 2
Qozog‘istonda elektron sigaretalarni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To'qayev vapingni (elektron sigaretalar) taqiqlovchi qonunni imzoladi.

Qonun bilan, shuningdek ularni reklama qilish ham taqiqlanadi. 

Elektron sigaretalarni sotish va tarqatish 738 400 tengegacha jarima yoki shu miqdorda axloq tuzatish ishlari yoki 200 soatgacha jamoat ishlari yoki 50 sutkagacha qamoq bilan jazolanadi. Import yoki ishlab chiqarish 2 yilgacha qamoq jazosiga olib kelishi mumkin.

Ushbu chora nikotin saqlovchi moddalarning yoshlar orasida tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida amalga oshirildi. Yangi norma mamlakatda qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 60 kundan keyin kuchga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga