Huawei 1
Qatar Airways kompaniyasi dunyodagi ilk sun'iy intellektga ega robot styuardessani namoyish etdi

Qatar Airways Dubaydagi Arabian Travel Market xalqaro turistik ko'rgazmasida sun'iy intellekt texnologiyasi bilan jihozlangan dunyodagi birinchi odamsimon styuardessani namoyish etdi. 

Robot styuardessa Sama 2.0 real vaqt rejimida savollarga javob berishi, odamlarga sayohatlarini rejalashtirishda ko‘maklashishi, shuningdek, aviakompaniya faoliyati haqida tez-tez beriladigan savollarga javob berishi mumkin. Ko‘rgazmada robot styuardessa bilan tanishish imkoni mavjud. Aviakompaniyaning QVerse raqamli platformasi yoki uning ilovasi orqali Sama 2.0 bilan virtual muloqot qilsa bo‘ladi.

Ma'lumot o'rnida, joriy yilning 6-9 may kunlari Jahon Savdo Markazida Yaqin Sharqning ichki va chiqish turizmi sohasidagi eng yirik biznes koʻrgazmasi boʻlgan Arabian Travel Market (ATM) boʻlib oʻtadi. Unda har yili dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyuruvchilar va mutaxassislarga minglab turistik mahsulotlar namoyish etiladi. Ko‘rgazma doirasida o‘tgan yillarda umumiy qiymati 91 milliard dirhamdan ortiq shartnomalar tuzilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga