Vladimir Putin Kiyevning fuqarolik infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatish taklifini o‘rganib chiqishini aytdi hamda Rossiya va Ukraina o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazilishi mumkinligini istisno etmadi.
“Buni tushunib olish kerak, bu masalalarni chuqur o‘rganish lozim, ehtimol, ikki tomonlama tarzda ham,” — dedi Putin dushanba kuni, 21-aprel kuni jurnalistlarga.
Bunga qadar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kremlga 30 kun muddatga, keyinchalik uzaytirilishi mumkin bo‘lgan, uzoq masofali dronlar va raketalar yordamida fuqarolik infratuzilmasiga zarba berishdan butunlay voz kechishni taklif qilgan edi.
Putin Suma shahrida fuqarolik obyektiga zarba berilganini tan oldi. Biroq, Rossiya prezidenti Kiyevni fuqarolik obyektlaridan harbiy maqsadlarda foydalanayotganlikda aybladi va 13-aprel kuni Rossiya Qurolli Kuchlari tomonidan Sumsk viloyatiga berilgan zarbani esga oldi.
“Masalan, hammaga yaxshi ma’lum bo‘lgan holat: bizning Qurolli Kuchlarimiz Sumsk viloyatidagi, nazarimda, kongress markaziga zarba berdi. Bu fuqarolik obyektimi? Ha, fuqarolik. Lekin u yerda Kursk viloyatida jinoyat sodir etganlar taqdirlanayotgan edi,” — deya Putindan iqtibos keltiradi “Interfaks” agentligi.
35 kishining, jumladan bolalarning hayotiga zomin bo‘lgan raketa zarbasini Rossiya prezidenti “loyiq jazolash” deb atadi. “Bu aynan ularni jazolash uchun qilingan,” — deya ta’kidladi u.
14-aprel kuni, zarbadan bir kun o‘tib, Sumsk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Vladimir Artyux Suma shahrida Ukraina Qurolli Kuchlarining 117-brigadasi harbiylarini taqdirlash rejalashtirilganini tasdiqladi. Ertasi kuni esa Zelenskiy farmoni bilan Artyux lavozimidan ozod etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50922 | Инструменты