Pavel Durov bir necha yillardan beri 180 dollarlik smartfondan foydalanish sababini aytdi

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov bir necha yil davomida Samsung kompaniyasining 180 dollar qiymatidagi byudjet smartfonidan foydalanganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Dubaydagi jazirama issiq tufayli gadjet buzilib qolgan.

“Men buni Telegram foydalanuvchilari orasida eng ommabop telefonlardan biri bo‘lgani uchun tanladim”, — deya tanlagani sababini ochiqladi tadbirkor. Durov messenjer ishini yaxshilash maqsadida foydalanuvchilarning tajribasini o‘rganmoqchi ekanligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq, Durov Telegram’da endi mini-ilovalarda raqamli tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘lgan ichki valyutaga ega ekanligini ma’lum qilgandi. Aprel oyida u messenjerda kriptovalyuta uchun stikerlar va emojilarni sotish va sotib olish mumkinligini e'lon qilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты