Huawei 1
Olimlar suvni tozalaydigan kristall yaratdi

Kataloniya Kimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari yorug‘lik taʼsirida faollashgan va kumush ionlarini chiqaradigan mikroskopik kristallarni yaratdilar. Ular suvni xavfli mikroblardan tozalaydi.

Maʼlumki, taxminan 100 yil oldin Aleksandr Fleming birinchi antibiotikni kashf etgan. Antibiotiklardan foydalanish yuqumli kasalliklarni davolashda katta yutuq bo‘ldi. Biroq, vaqt o‘tishi bilan patogenlar dori vositalariga qarshilik ko‘rsatishni boshladilar. Bugungi kunda antibiotiklarga qarshilik global sog‘liq muammosiga aylandi va olimlar patogenlar bilan kurashishning yangi usullarini izlamoqda.

Ispaniyalik olimlar kumush tuzlari yordamida mikroblarga qarshi kurashishni taklif qilishdi. Ular mikromotor kristallari uchun asos bo‘ldi.

Modellar kumush fosfatni o‘z ichiga oladi va har biri 5 mikrometr uzunlikdagi to‘rtta shoxli kristalli tuzilishga ega. Ular suv muhitida ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik taʼsirida avtonomatik harakat qiladi, kumush ionlari va erkin radikallarni chiqaradi. 

Shu bilan birga, kristallar bakteriyalarni yo‘q qiladi va keyinchalik atrof-muhitni ifloslantirmasdan o‘z-o‘zini yo‘q qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga