Makron Paris Match nashriga bergan intervyusida tomonlar hozir har qachongidan ham o‘t ochishni to‘xtatishga yaqinroq ekanligiga umid bildirdi, biroq ular «ehtiyotkor bo‘lishlari» kerakligini ta’kidladi, chunki «tenglamaning bir qismi» Moskvaga bog‘liq.
«Yaqin sakkiz-o‘n kun ichida biz Kremlga bosimni kuchaytiramiz […] Faqatgina Ukrainaga bosim o‘tkazish bilan cheklanish noto‘g‘ri», — dedi u.
Fransiya prezidenti Moskvaga nisbatan «bosimning kuchayishi» aynan nimadan iborat bo‘lishini aniqlashtirmadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51000 | Инструменты