Huawei 2
Kuchli tornado AQShning Omaha shaharchasi chekkasidagi butun hududni vayron qildi

AQShning Nebraska va Ayova shtatlari kuchli tornado girdobida qoldi. Bu haqda mahalliy nashrlarga tayanib, CNNxabar berdi.

Manbada aytilishicha, tornadolar shtatning katta hududini vayron qilgan. Tezkor qutqaruv brigadalari vayron bo‘lgan inshoot va binolar ostida tirik qolganlarni izlamoqda.

Oldinroq mutaxassislar tornadolar Nebraska va Ayova shtatlariga katta zarar keltirishini ma’lum qilgandi. Tabiiy ofat 27-aprel kuni kuchayib, Michigan va Texas shtatlarigacha borishi aytilgan.

Nebraska shtatining Omaha shahridagi Elkorn hududi hozirda eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardan biri bo‘lib qolmoqda. Juma kuni tushdan keyin sodir bo‘lgan tornado uylarni tekislab tashlagan, shaharning qator obyektlarini vayronaga aylantirgan. Hududdagi qutqaruvchilar qamalib qolgan yoki jarohatlanganlarni qidirmoqda.

Ayova shtatidagi Minden shahrida ham ulkan vayronkorliklar kuzatilgan. Hudud deyarli to‘la vayron bo‘lgan.

Og‘ir iqlim hodisasi yakshanbagacha davom etishi kutilmoqda. 27-aprel tunida tornadolar Texasdan Kanzasga, jumladan Dallas, Ostin, Oklahoma Siti, Tulza, Kanzas Siti va Vichitaga tarqalishi eʼlon qilingan.

Ayova shtatining Pottavatami okrugidagi to‘rt fuqaro tornado olib kelgan vayrongarchilik oqibatida jarohatlangan. Okrugning o‘zida 120 ga yaqin uy va korxona vayron bo‘lgan. Hududda umumiy 90 000 ga yaqin aholi yashashi xabar qilingan.

Nebraska shtatining Shelbi va Duglas okruglaridagi aholi favqulodda vaziyat tufayli tashqi dunyodan uzilib qolgan. Rasmiylar hududga tezkor qutqaruv guruhlar jo‘natilishini aytgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga