Huawei 1
Istanbulda 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

23 aprel kuni Turkiyaning Istanbul shahrida davomli yer silkinishlari kuzatildi, ulardan ikkinchisining magnitudasi 6,2 ballni tashkil etgan. Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) ma’lumotiga ko‘ra, ikkinchi zilzila mahalliy vaqt bilan soat 12:49 da qayd etilgan.

Soat 12:13 dagi birinchi yer silkinishi kuchi esa 3,9 magnitudaga teng bo‘lgan. Ikki zilzila epimarkazi ham Istanbulning markaziy qismidan 50 kilometr g‘arbda, Marmar dengizi sohilidagi Silivri shahri yaqinida joylashgan.

Keyinroq, soat  12:51 va 13:02 da ham Istanbul atrofidagi Buyukchekmechi tumanida 4,4 va 4,9 magnitudali zilzilalar kuzatilgan.

Istanbul bilan bir qatorda atrofdagi viloyatlarda ham sezilgan zilzila 6,92 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgani aniqlandi.

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya zilzila ortidan bayonot berib, AFAD’ning barcha guruhlari va tegishli muassasalar sezilgan zilzila bilan bog‘liq dala tadqiqotlarini boshlanganini bildirdi.

Hozircha zilzila oqibatlari yuzasidan ma’lumotlar yo‘q.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50409 | Инструменты