Isroilning G‘azo sektoridagi hujumlari natijasida qurbon bo'lganlar soni 29 mingdan oshdi

2023-yil 7-oktabrdan beri blokadadagi G‘azo sektorida Isroilning davom etayotgan hujumlari natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 29 313 nafarga yetdi, deb xabar berdi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining G‘azo sektori matbuot xizmati.

Birgina oxirgi 24 soat ichida 118 falastinlik Isroil hujumlari qurboniga aylandi. Bundan tashqari, eksklavning yana 163 nafar aholisi jarohatlangan, deyiladi xabarda.

Departament maʼlumotlariga koʻra, 7-oktyabrdan beri Isroil hujumlarida yaralanganlarning umumiy soni 69 333 nafarga yetdi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi halok boʻlganlarning jasadlari hamon vayron boʻlgan binolar ostida va yoʻl chetlarida qolayotganini taʼkidladi. Tez yordam va fuqarolik mudofaa guruhlari Isroil kuchlari tomonidan yuzaga kelgan to'siqlar tufayli ularga yetib bora olmayapti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты