Huawei 2
Isroil Rafahdagi operatsiya oldidan tinch aholini evakuatsiya qilmoqchi

Isroil Rafahdagi ehtimoliy harbiy amaliyoti oldidan tinch aholini evakuatsiya qilish rejalari haqida AQSHga ma’lum qildi. Bu haqda Associated Press manbalariga tayanib xabar berdi.

“Isroil shu hafta AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyatini G‘azo janubidagi Rafah shahrida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan operatsiya oldidan falastinlik tinch aholini evakuatsiya qilish rejasi haqida maʼlum qildi”, — deyiladi agentlik bayonotida.

Anonimlik sharti bilan gapirgan manbalarning aytishicha, Isroilning mazkur rejasi AQSH ma’muriyatining “Rafahdagi operatsiyani davom ettirish juda ko‘p begunoh tinch aholini xavf ostiga qo‘yadi”, degan fikrini o‘zgartirmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga