Huawei 1
Isroil G'azoda o't ochishni to'xtatish taklifini rad etgan

Falastinning HAMAS harakati ta'kidlashicha, Isroil vositachilarning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifini rad etgan.

Payshanba kuni kechqurun Misr matbuoti manbalarga tayanib, Isroil va HAMAS delegatsiyalari ikki kunlik muzokaralardan so‘ng Qohirani tark etgani haqida xabar berdi.

"HAMAS delegatsiyasi Dohaga yo'l oldi. Isroil vositachilar tomonidan taqdim etilgan taklifni rad etdi va unga bir qancha asosiy nuqtalarda e'tiroz bildirdi", - deyiladi France-Press agentligi xabarida.

Seshanba kuni Falastinning HAMAS harakati G'azo sektorida o't ochishni to'xtatish bo'yicha muzokaralarni davom ettirish uchun o'z delegatsiyasi Qohiraga qaytib kelganini e'lon qildi. Dushanba kuni HAMAS Misr va Qatar vositachilari tomonidan taklif qilingan uch bosqichli, 42 kunlik sulh shartlariga rozi bo'lganini e'lon qildi, jumladan, isroillik garovga olinganlarni ozod qilish va G'azo sektoridagi jangovar harakatlarni to'xtatishdir. 

Seshanbaga o‘tar kechasi Isroil Mudofaa kuchlari (IDF) quruqlikdagi qo‘shinlari aksilterror operatsiyasi doirasida Rafah shahriga kirdi va Isroil tanklari G‘azo sektoridan Rafah nazorat punktini operativ nazoratga oldi. 20 nafar falastinlik o‘ldirilgani ma’lum qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga