Huawei 2
IQ darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingi tuzildi

Janubiy Koreya, Xitoy va Eronda yashovchi odamlar eng yuqori IQ darajasiga ega. Bu haqda International IQ test portali tomonidan e’lon qilingan 2023 yilgi reytingdan ma’lum bo‘lmoqda. O‘zbekiston 80-o‘rinda qayd etildi. 

IQ darajasi - bu odam aql-zakovat darajasining miqdoriy bahosi (aqliy rivojlanish koeffitsiyenti), maxsus testlar yordamida aniqlanadi. 

Qayd qilinishicha, IQ test reytingi International IQ test portali orqali ixtiyoriy testdan o‘tgan odamlarning natijalariga asosan tuzilgan. 2023 yilgi hisobotga ko‘ra, 115 mamlakatdan qariyb 1,7 mln kishi bu testni topshirgan. 

Insonning o‘rtacha IQ darajasi 100 ballni tashkil qiladi. 100 dan yuqori qiymatlar o‘rtachadan yuqori, 100 dan past qiymatlar o‘rtachadan past deb hisoblanadi. IQ darajasi 70 balldan past bo‘lsa, aqliy zaiflik mavjudligini ko‘rsatadi. 

2023-yilgi IQ darajasi reytingi quyidagicha:

1. Janubiy Koreya: 107,54 ball

2. Xitoy: 106,99 ball

3. Eron: 106,84 ball

4. Yaponiya: 106,18 ball

5. Singapur: 106,18 ball

6. Avstriya: 102,71 ball

7. Kanada: 102,6 ball

8. Germaniya: 102,36 ball

9. Sloveniya: 102,31 ball

10. Mo‘g‘uliston: 102,3 ball

64. Qozog‘iston: 97,26

80. O‘zbekiston: 94,81

89. Qirg‘iziston: 93,46

97. Tojikiston: 92,1 

Ro‘yxatning eng oxirida Gabon, Kongo, Angola, Kongo DR, Kot-d’Ivuar, Nikaragua va Gvatemala kabi davlatlar joy olgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga