Gonkong aholisi pandemiyadan keyin ikki yil ichida 7,5 millionga ko'paydi

Gonkong aholisi 2023-yilda 0,4 foizga o‘sib, 7,5 millionga yetdi. Maʼlumotlarga ko‘ra, bu pandemiyadan keyingi ikkinchi o‘sish yilidir. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Aholining keskin ko‘payishi, Xitoyning uch yillik qatʼiy COVID qoidalaridan so‘ng o‘z iqtisodiyotini va xalqaro jozibadorligini oshirishga harakat qilayotgan bir paytda sodir bo‘lgan. 

"Epidemiya davrida xorijda qolgan ko'plab Gonkong aholisi 2023-yilda Gonkongga qaytishdi. 2023-yilning ikkinchi yarmida ham doimiy rezidentlarning sezilarli oqimi kuzatildi”, — dedi hukumat.

Ularning taʼkidlashicha, bu ko‘rsartkich chet el fuqarolarining Gongkongga turli sxemalar orqali qabul qilinishi bilan ham bog‘liq. Bu vaqtda shahar aholisining 79 foizida yashashga bir tomonlama ruxsatnoma bo‘lgan.

Avvalroq gongkongliklarning 21,2 ming kishiga tabiiy pasayishi kuzatilib, 33,2 mingta tug‘ilish va 54,4 ming nafar o‘lim qayd etilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты