Huawei 2
G'azodagi qochqinlar lageriga qilingan hujumda 13 kishi halok bo'ldi

Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorining markaziy qismidagi "Al-Mag‘ozi"qochqinlar lageriga havo hujumi uyushtirdi, deb yozadi CNN. Telekanalning shifokorlarga tayanib xabar berishicha, 13 kishi halok bo‘lgan, ulardan yetti nafari yosh bolalar bo'lgan. Yana 25 kishi jarohatlangan. 

CNN shuningdek, jurnalistlar voqea guvohidan olingan videoga ishora qiladi, videolavhada lagerdagi bir necha yaradorlar, shuningdek, turli yo‘nalishlarda yugurayotgan odamlar tasvirlangan. Falastinning WAFA axborot agentligi hujumda 11 kishi halok bo'lganini xabar qildi. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Gʻazo sektori shimolida bir nechta turar-joy binolari ham oʻqqa tutilgan.

2023-yil dekabr oyida "Al-Mag‘ozi" qochqinlar lageri ham Isroil armiyasi tomonidan o‘qqa tutilgan, deb xabar beradi HAMAS. Jangarilar nazoratidagi anklav Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 70 ga yaqin odam halok bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga