Finlyandiya Rossiya bilan quruqlikdagi chegarasini butunlay yopadi

Finlyandiya 30-noyabrdan boshlab Rossiya bilan chegaradagi barcha o‘tish joylarini yopadi. Bu haqda bosh vazir Petteri Orpo ma’lum qildi, deya xabar beradi Helsingin Sanomat. Shu tariqa, Rossiya bilan chegaradagi so‘nggi faoliyat ko‘rsatuvchi Raya-Jozeppi – Lotta nazorat-o‘tkazish punkti yopiladi.

Qaror 13 dekabrga qadar amal oshiriladi. Taqiq “Vaynikkala” temir yo‘l yuk tashish punktiga taalluqli emas.

Rasmiylar bu qarorni Rossiyadan Finlyandiyaga borishga harakat qilayotgan uchinchi mamlakatlardan boshpana izlovchilar oqimining ko'payishi bilan izohladi.

"Ushbu qaror Finlyandiya milliy xavfsizligini Rossiya gibrid operatsiyasidan himoya qiladi", dedi mamlakat ichki ishlar vaziri Mari Rantanen.

Eslatib o'tamiz, 16-noyabr kuni Finlyandiya Rossiya bilan chegaradagi to‘qqizta nazorat-o‘tkazish punktidan to‘rttasi yopilganini e’lon qilgan edi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi bu qarorni chegarani kesib o‘tib, boshpana so‘ragan noqonuniy migrantlar oqimining ko‘payishi bilan izohladi. Tez orada mamlakat hukumati yana to‘rtta nazorat-o‘tkazish punktini yopdi. Faqat Murmansk viloyati chegarasidagi Raya-Jooseppi punkti ishlamoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты