Huawei 2
Eron Isroilni qo‘llab-quvvatlagani uchun Buyuk Britaniyaga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Eron Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Grant Shepps va Kiprdagi Akrotiri aviabazasini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Shuningdek, Britaniya qurolli kuchlari boshliqlari, havo bazasi qo‘mondonlari va uch kompaniyaga nisbatan ham sanksiyalar joriy etilgan. Bu qarorga Eron "tinchlik va xavfsizlikka qarshi terrorchilik harakatlarini" targ'ib qilish deb talqin qilgan Buyuk Britaniyaning Isroilni qo'llab-quvvatlagani sabab bo'ldi.

“Eron Islom Respublikasi Britaniya rejimi va zikr etilgan shaxslarning sionistik rejim tomonidan sodir etilgan terrorchilik harakatlarini qoʻllab-quvvatlashini qoralaydi. Ularni Britaniya rasmiylarining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini buzish deb hisoblaydi va Buyuk Britaniyaning xatti-harakatlari BMT Nizomidagi xalqaro huquqning asosiy tamoyillarini ochiqdan-ochiq buzish ekanligini ma’lum qiladi”, — deyiladi TIV bayonotida. Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda.

Sanksiyalar Britaniyaning HMS Diamond esminetsi, uning qo‘mondoni Piter Evans, shuningdek,  HMS Richmond qo‘mondoni Richard Kempga nisbatan joriy qilingan. London bayonotiga ko'ra, kemalar Yaman husiylarining hujumlari munosabati bilan Qizil dengizda navigatsiya xavfsizligini ta'minlaydi.

Eslatib o'tamiz, Buyuk Britaniya aprel oyida Eronga qarshi sanksiyalar kiritishda AQShga qo'shilgan. Ular orasida Mudofaa vaziri Muhammad Rizo Ashtianiy, Qurolli kuchlar Bosh shtabi va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi dengiz kuchlari ham bor edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga