Huawei 1
COVID-19 bilan kasallanganlar boshqalarga nisbatan ko‘proq kasal bo‘ladi

Amerikalik olimlar o‘tkazgan yangi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, COVID-19 bilan kasallangan odamlar keyinchalik boshqa infeksiyalarga 20–50% ko‘proq chalinadi. Ular shamollashni og‘irroq o‘tkazadi, yo‘tal kuchliroq bo‘ladi va uzoq davom etadi. Hatto yengil o‘tgan koronavirus holatlari ham sog‘liqqa uzoq muddatli taʼsir ko‘rsatadi.

Sent-Luis universiteti (AQSH) olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari T-Online portali orqali eʼlon qilindi. Tadqiqotda 800 mingdan ortiq odam ishtirok etgan bo‘lib, ularning 200 ming nafari COVID-19 bilan kasallangan. Tahlillarga ko‘ra, koronavirusdan keyingi bir yil ichida bu odamlar virusli, bakterial va zamburug‘li kasalliklar, hamda nafas yo‘llari kasalliklari va o‘pka zararlanishlari bilan ko‘proq kasallangan.

Mutaxassislar bu holatning aniq sababini hali ayta olishmagan. Ikkala guruh ham bir xil sharoitda yashagan bo‘lsada, faqatgina izolyatsiya yoki karantin bilan bog‘liq tushuntirishlar yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Olimlar COVID-19 immun tizimiga uzoq muddatli salbiy taʼsir ko‘rsatishi, shuningdek, shilliq qavatlarni zararlab, organizmni boshqa infeksiyalar uchun ochiqroq qilib qo‘yishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Ular bu mexanizmlarni chuqurroq o‘rganish zarurligini taʼkidlamoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51001 | Инструменты