Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi G‘azo sektoridagi falastinlik go‘daklarning 92 foizi Isroilning davom etayotgan zarbalari, blokadalar va chegara punktlarining yopilishi sababli asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan mahrum bo‘layotganini maʼlum qildi.
Boshqarmaning ishg‘ol ostidagi Falastin hududlaridagi idorasi tomonidan berilgan yozma bayonotda aytilishicha, chegaralar yopiqligi va insonparvarlik yordami yetishmasligi sababli, aprel oyida och qolgan, kasal bo‘lgan va to‘yib ovqatlanmaslik sababli davolanayotgan bolalar soni mart oyiga nisbatan 80 foizga oshgan.
Taʼkidlanishicha, 6 oydan 24 oygacha bo‘lgan bolalarning 92 foizi onalari bilan birga asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan ham minimal foydalanish imkoniyatiga ega emas.
Hujjatda taʼkidlanishicha, bunday holat chaqaloqlar salomatligi uchun jiddiy va umrbod xavf tug‘dirishi mumkin. Shuningdek, G‘azo aholisining 65 foizi toza ichimlik suviga ega emasligi xabar qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50323 | Инструменты