Garvard universiteti professorlari AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ustidan universitet uchun ajratiladigan 9 milliard dollar miqdoridagi mablag‘ni qayta ko‘rib chiqish rejalari yuzasidan sudga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Qayd etilishicha, bu summaga 8,7 milliard dollar grantlar va Garvard, uning filiallari va federal hukumat o‘rtasidagi 255,6 million dollarlik joriy shartnomalar kiradi.
"Ular ochiqdan-ochiq Garvard universitetiga Tramp ma'muriyati tomonidan ilgari surilgan siyosiy qarashlar va siyosat imtiyozlarini yuklashga intilishadi", - deya shikoyatdan parchani keltiradi Garvard Crimson.
Da'vogarlarning ta'kidlashicha, Tramp ma'muriyati ularning akademik erkinlik va so'z erkinligi huquqlarini buzgan.
Tramp 20-mart kuni mamlakat departamentini tugatish jarayonini boshlash haqidagi farmonni imzoladi.Hujjatda Amerika yetakchisi taʼlim vaziri Linda Makmaxondan “taʼlim departamentining yopilishini va taʼlim boʻyicha vakolatlarning shtatlarga qaytarilishini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻrishni” soʻragan.
Bundan tashqari, hujjatda departamentdan vakolatlarning o‘tkazilishi amerikaliklar tayanadigan xizmatlar, dasturlar va imtiyozlarning samarali taqdim etilishini ta’minlashi kerakligi ta’kidlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82501 | Инструменты