Surat — lahzalar, hissiyotlarni ajoyib tarzda ko‘rsatib beruvchi vosita. Agar u goh kutilgan, goh kutilmagan, goh qiziqarli lahzalarda olinsa yana yaxshi. Butun dunyo bo‘ylab har kuni ana shunday suratlar olinadi va ommaviy tarmoqlarga joylanadi. UzReport tahririyati dunyo bo‘ylab e’tiborga molik voqea-hodisalar vaqtida olingan suratlarni to‘plab boradi. Bugun ham bir qator qiziqarli suratlar tarixga muhrlangan.
Madrid moda haftaligi Foto: AP/TASS
Floridada "Inter Mayami" va "Nyuells Old Boys" jamoalari o'rtasidagi futbol uchrashuvi. Suratda: “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi. Foto: AP/TASS
Rasmiylar Bangkokdagi havo ifloslanishining salomatlik uchun xavfli darajasi haqida ogohlantirmoqda Foto: EPA/TASS
Berlin kinofestivalining ochilishi Foto: AP/TASS
Los-Anjelesda suyultirilgan gaz yuk mashinasining portlashi oqibatida kamida to‘qqiz nafar o‘t o‘chiruvchi jabrlandi. Foto: AP/TASS
Ovozlar hisoblab chiqildi va Angliyaning Vellingboro shahridagi parlamentga qo‘shimcha saylov natijalari e’lon qilindi. Leyboristlar partiyasidan Jenevyev Kitchen g‘alaba qozondi. Foto: Leon Neal/Getty Images
Germaniyaning Silstedt qishlog‘ida ferma xodimi qo‘zichoqqa sut boqmoqda Foto: Matthias Bein/picture alliance via Getty Images
Xonanda Teylor Swiftning muxlislari Melburndagi Eras gastroli doirasidagi konserti oldidan Foto: EPA/TASS
Germaniyaning shimoli-sharqidagi Brandenburg shtatidagi yong‘inlar oqibatida zarar ko‘rgan o‘rmonlarga urug‘larni uchuvchisiz qurilma yordamida tashlash Foto: DPA/TASS
Myunxenda Eron Qarshilik Milliy Kengashi tarafdorlarining norozilik namoyishi Foto: EPA/TASS