Huawei 1
AQSHda qora tanli fuqaroni o’ldirgan politsiya xodimlari hibsga olindi

Afro-amerikalik Jorj Floydning o'limi ketidan boshlangan norozilik namoyishlari va keng ko'lamli tartibsizliklar to'lqini Qo'shma Shtatlarning deyarli barcha hududlarini qamrab oldi.

Bruklin politsiyasi ko'chalarda 70ga yaqin namoyishchini hibsga oldi.  Namoyishchilarni maxkamaga olib borish uchun avtobus xaydovchilariga murojaat qilindi, ammo xaydovchilar bu ishni qilishdan bosh tortdilar. Ba’zi namoyishchilar politsiya ishiga to’sqinlik qilish maqsadida mashinalarning g’ildiraklari tagiga yotib olishgacha ham bordilar.

Los-Anjelesda esa vaziyat undan-da jiddiy. Politsiya vakillari o'z idoralarini himoyalashga majbur bo’ldilar. Namoyishchilarni tarqatish uchun kauchuk tayoqchalar va qalampir spreyidan foydalanildi.

Atlantada to'qnashuvlarning markaziy nuqtasi CNN ofisi bo’ldi. Namoyish va tartibsizliklar paytida bino jiddiy zarar ko'rdi.

Minneapolisda esa norozilik namoyishlari to’rt kundan beri davom etmoqda. Hukumat komendantlik soatini joriy etdi-ammo talonchiliklar davom etmoqda.

Floydning o'limiga sababchi bo’lgan politsiya xodimiga nisbatan “qasddan odam o’ldirish” moddasi bo’yicha ayblov qo’yilgan.  Shavqatsizlarcha o’ldirilgan Jorj Floyd 46 yoshda edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81500 | Инструменты