Huawei 1
Afg‘onistonning Badaxshon viloyatidagi suv toshqinlarida 100 ga yaqin aholi xonadonlari vayron bo‘ldi

Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida yuz bergan suv toshqinlarida 84 ta aholi xonadonlari vayron bo‘ldi. Bu haqda Atlas Press nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, 150 gektar maydondagi qishloq xo‘jaligi yerlari ham suv ostida qolgan. Mahalliy fermerlar katta yo‘qotishlarga uchragan.

Manbalar 22-aprel kuni Badaxshon viloyatining Shuhado va Rog‘iston tumanlarining bir necha qismida tunda toshqin sodir bo‘lganini tasdiqlagan. Dastlab sog‘lomlashtirish markazi binosi hamda Fayzobod yo‘lining bir qismi vayron bo‘lgani xabar qilingan.

Ushbu hodisa oqibatida uchta kichik yengil avtomobil ichidagi jami yo‘lovchilari bilan bedarak yo‘qolgan. Ikki nafar bola chaqmoq urishidan halok bo‘lgan.

Ayni paytda Shuhado va Rog‘iston tumanlarida seldan jabr ko‘rgan qator fuqarolar gumanitar tashkilotlardan yordam so‘ramoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga