Hindiston ishtirokida Namanganda oliy ta’lim dargohi tashkil etish rejalashtirilmoqda

Ayni paytda ishchi tashrif bilan Dehlida bo‘lib turgan Namangan viloyati delegatsiyasi vakillari Hindistonning yetakchi IT kompaniyalari, shu sohadagi oliy ta’lim mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Aziz Baratov ishtirokidagi uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.  

Shuningdek, Namangan viloyati hokimining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyor Axunbabayev elchi bilan onlayn muloqotda bo‘lib, IT yo‘nalishda Hindiston ishtirokida Namanganda oliy ta’lim dargohi tashkil etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar rejasini muhokama qildi.

Dehlining Kiber Siti tumanida dunyoning 20 dan ortiq kompaniyalari o‘z filiallarini ochgan bo‘lib, elchixona yordamida O‘zbekistondan IT xizmatlar eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.

Chennayda joylashgan IT Madras instituti malakali muhandis,  raqamli texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Shuningdek,  Hindustan University bilan ham shu yo‘nalishda hamkorlik qilish,  O‘zbekistonda oliy ta’lim dargohi tashkil etish bo‘yicha elchixona tomonidan amaliy ishlar boshlangan.

Delegatsiya, tarkibida Hindistonga kelgan SoftPlus kompaniyasi rahbari Xayrulla Meliboyev ayni paytda Chandigarh shahrida bo‘lib turibdi.  Dunyoning 22 davlatidan kelgan mutaxassislar ishtirokidagi forumda qatnashayotgan viloyat vakili yangi loyihalar bilan yurtga qaytishni rejalashtirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты