Huawei 1
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi U18 Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi

Dammam (Saudiya Arabistoni) shahrida yengil atletika bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.yengil atletika, осиё chempionatiBungacha mamlakatning eng yuqori yutug‘i 2022-yilda Kuvaytdagi uchinchi, 2023-yilda esa Toshkentdagi to‘rtinchi o‘rin bo‘lgan.

Dammamdagi OCHda Osiyo qit’asidan jami 31 ta davlat ishtirok etdi. O‘zbekiston yengil atletikachilari 12 ta — 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Qit’a chempionati g‘oliblari :

  • Jahongir Jo‘raboyev — o‘nkurash (6645);
  • Sadafbonu Nusratullayeva — 2000 metrga to‘siqlar osha yugurish (6:44,99);
  • Anastasiya Silchenkova — 3000 metr (9:45.17).

Kumush medaliga sazovor bo‘lganlar:

  • Timur Nasimov — 3000 m (8:51,27);
  • Shohjaxon Xayrullayev — 2000 metrga to‘siqlar osha yugurish (6:14,31);
  • Nasimaxon Mamirova — 2000 metrga to‘siqlar osha yugurish (6:55,20);
  • Sofya Nikolayeva — yettikurash (4904);
  • Shodiyona Rahmonova — 400 metrga to‘siqlar osha yugurish (1:02,97, 1:01,40).

Bronza medali sohiblari:

  • Ruslan Sa’dullayev — nayza uloqtirish (61,96);
  • Asilbek To‘xtamurodov — 3000 metr (9:01,95);
  • Shahribonu Zaripova — bosqon uloqtirish (56,47);
  • Marjona Saydullayeva — 1500 metrga yugurish (4:59,85).
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51001 | Инструменты