Yaponiyada baydarkada eshkak eshish bo‘yicha litsenzion Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda va unda O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Musobaqaning 500 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Yekaterina Shubina kumush medalga sazovor bo‘ldi va bu orqali “Parij-2024” Olimpiadasiga yo‘l oldi. Shu tariqa O‘zbekiston Olimpiya delegatsiyasi hisobidagi yo‘llanmalar soni 29 taga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha kvalifikatsion Osiyo chempionatida Denis Onufriyev, Shahrizoda Mavlonova turli masofalarga yakkalikda eshkak eshishda marraga ikkinchi bo‘lib, Elyorjon Mamadaliyev esa uchinchi bo‘lib yetib keldi. Juftliklar orasidagi turli yo‘nalishda Yekaterina Shubina/Arina Tanatmisheva tandemi kumush, Artur Guliyev/Vladlen Denisov dueti bronza medaliga ega chiqdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120413 | Инструменты