Huawei 1
XXI asrning eng yaxshi sportchisi nomi eʼlon qilindi

Mashhur amerikalik suzuvchi Maykl Felps ESPN talqiniga ko'ra 2000-yil boshidan beri eng yaxshi sportchi deb topildi. U ushbu reytingda tennischi Serena Uilyams va futbolchi Lionel Messini ortda qoldirdi. 

ESPN xabariga ko‘ra, ovoz berish jarayonida ekspertlar 2000-yil 1-yanvardan boshlab turli sport turlari bo‘yicha eng yaxshi sportchilarni tanlab oldi.

Ushbu jarayon natijasida har birida 25 nafar sportchidan iborat 4 ta ro‘yxat tuzilib, keyinchalik ular umumiy 100 talikka kiritildi. Natijada suzuvchi Maykl Felps Serena Uilyams va Lionel Messini ortda qoldirib, XXI asrning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

Sayyoramizning eng yaxshi 10 nafar sportchisiga, shuningdek, Lebron Jeyms (basketbol), Tom Bredi (Amerika futboli), Rojer Federer (tennis), Simone Bils (gimnastika), Tayger Vuds (golf), Useyn Bolt (yengil atletika) va Kobi Brayant (basketbol) kirdi. 

Dunyoning elita sportchilari ro'yxatidan boshqa ko'plab mashhurlar ham bor: Novak Jokovich (11), Rafael Nadal (12), Krishtianu Ronaldu (13), Shakil O'Nil (17) va kichik Floyd Meyvezer (25).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42210 | Инструменты