Huawei 1
WBA'ning yangilangan reytingida 3 nafar o‘zbek bokschisi yetakchi bo‘ldi

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) may oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni e’lon qildi. Yangilangan reytingga 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi kiritildi.

E’tiborlisi, 8 nafar bokschidan 3 nafari o‘z vaznlarida peshqadamlik qilmoqda. Isroil Madrimov esa super yarim o‘rta vazn chempioni hisoblanadi.

Minimal vaznda Hasanboy Do‘smatov, birinchi yarim yengil vazn Murodjon Ahmadaliyev va yarim o‘rta vazn toifada Shahram G‘iyosov 1-o‘rinda qayd etildi. 

Birinchi yarim yengil vaznda Muhammad Shexov 9-o‘rindan 10-pog‘onaga tushgan bo‘lsa, super yengil vaznda Botir Ahmedov bir o‘rin yuqorilab, 9-pog‘onani band etdi. 

Reytingdagi bokschilarimiz:

Hasanboy Do‘smatov - (minimal vazn) 1-o‘rin;

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) - 1-o‘rin;

Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn) - 10-o‘rin ;

Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) - 4-o‘rin;

Botir Ahmedov (super yengil vazn) - 10-o‘rin;

Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn) - 1-o‘rin;

Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) - vazn chempioni;

Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) - 4-o‘rin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga