Huawei 2
Taxmina Ikromova jahon kubogi sovrindori

Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichi yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Taxmina Ikromova musobaqaning to‘p bilan mashq bajarish dasturida 34.050 ball bilan ikkinchi o‘rindan joy oldi. 

Shuningdek, u bulavadagi mashqda 30.750 ball bilan beshinchi, halqadagi dasturda esa 33.300 ball bilan oltinchi natijani qayd etdi.  

Ma’lumot uchun, badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining boshqa bir a’zosi Anastasiya Saranseva ko‘pkurash dasturida 122.7 ball bilan o‘n to‘qqizinchi pog‘onaga joylashdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga